Ijtimoiy tarmoqlarda Sho’rchi tumani “Oqamar” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan qog‘oz ishlab chiqarish sexi tomonidan oqova suvlar kanalga tashlanayotgani yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat yuzasidan holat belgilangan tartibda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqilib, murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgani, xususan, kanal hududida tozalash ishlari amalga oshirilgani hamda murojaatda qayd etilgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar tashkil etilgani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, ekologik va sanitariya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ishlari davom ettiriladi. Qonunchilik talablarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.

Sanepidqo‘mita Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati