Sanepidqo‘mita Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman bo‘limida Ishchi guruh ishtirokida korrupsiyaning oldini olish hamda xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
«Sirli mijoz» monitoringi: Davlat xizmatlari ko‘rsatish va laboratoriya tahlillari jarayonida xodimlarning muloqot madaniyati, shaffofligi hamda xizmat sifatini xolis baholash maqsadida ogohlantirishsiz «Sirli mijoz» tadbirlari o‘tkaziladi.
Korrupsiyaga nisbatan murosa qilmaslik: Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va sanitariya nazorati jarayonida ta’madorlik hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilandi.
Qat’iy intizomiy choralar: Monitoring va tekshiruvlar davomida noqonuniy manfaatdorlik yoki xizmat ko‘rsatish tartibini buzish holatlari aniqlangan xodimlarga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan keskin chralar ko`rilishi uqtirildi.






