Termiz tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik” mavzusida keng qamrovli tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kuz-qish mavsumida yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish, ichimlik suvi sifati hamda jamoat joylarida sanitariya holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kuz-qish mavsumini sanitariya-epidemiologik jihatdan osoyishta o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi






