Ayritom chegara o‘tkazish punktida vabo kasalligining oldini olish, uning ehtimoliy tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga tayyorgarlikni oshirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda maxsus o‘quv-taktik mashqlari tashkil etildi.Mashqlar davomida vabo kasalligiga gumon qilingan holat aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, mas’ul xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish, infeksiya tarqalishining oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va favqulodda vaziyatlarga shaylikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.