​Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Termiz shahrida aholi salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy va xayriya tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

​Ushbu ezgu an’ana doirasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan bayram munosabati bilan «Ezgulik chellenji» tashkil etildi.

​Xayriya aksiyasi davomida bo‘limda faoliyat yuritayotgan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 2 nafar xodim kuz-qish mavsumi oldidan profilaktika maqsadida gripp kasalligiga qarshi bepul vaksina bilan emlandi.

​Aholi salomatligini asrash va xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday g‘amxo‘rlik va ezgu tashabbuslar shahrimiz bo‘ylab bayram shukuhini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.