2026-yil 03-avgust kuni Surxondaryo viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshligʻining topshirigʻi asosida boshliqning 1-oʻrinbosari Sh.Normamatov va soxa mutaxassislari Jarqurgʻon tuman SEO va JS bo`limining xizmat faoliyatuni o`rganish va amaliy yordam berish maqsadida tashrif buyurishdi. Boshqarma boshligʻining 1-oʻrinbosari Sh.Normamatov tuman bo`limining vrachlar xodimlari va bo`lim mudirlari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.



Yig`ilishda boshqarma mutaxasisslari va tuman mutaxassislari ishtirok etishdi. Yig`ilish davomida SH. Normamatov Jarqurg`on tuman bo`limining barcha soxa mutaxasisslaridan hozirgi kunda odob-axloq qoidalariga rioya etishi, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka kiritilgan yangi normalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, Yig`ilish davomida tizimda halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va xizmat intizomini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan o`z fikrini bildirdi. Xizmat vazifasini bevosita joylarda bajarayotgan hamda sohada faoliyat olib borayotgan har bir xodim bilan korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida shaxsan tushuntirish ishlari о‘tkazilib, profilaktik davra suhbati о‘tkazildi.
Tadbir davomida: Korrupsion holatlarga yo`l qo`ymaslik va korrupsion holatlarning guvohi bo`lsangiz zudlik bilan bevosita raxbariyatga xabar berishlari,» ishonch telefon » raqami va telegramm botga xabar berishlari haqida so`z olib borildi va barchani ogohlikka chaqirildi.
Admin: @izoh_ariza_bot +99876-222-46-25
https://t.me/KorrupsiyagaQarshiKurashi



