O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan joyiga chiqilib, sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi hamda laboratoriya tahlillari uchun ichimlik suvi namunalaridan namunalar olindi.

   Tekshiruv natijasida ichimlik suvi ta’minoti, oqova suv tizimi, sanitariya-gigiyena holati, hojatxonalar, qo‘l yuvish vositalari hamda guruh xonalaridagi harorat bo‘yicha amaldagi sanitariya qoidalari talablariga zid bo‘lgan bir qator kamchiliklar aniqlandi. Laboratoriya tekshiruvlari natijasida ichimlik suvi amaldagi sanitariya me’yorlari talablariga javob bermasligi ham qayd etildi.

   Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda mas’ul xodimlardan belgilangan tartibda tushuntirish xatlari olindi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Tekshiruv davomida aniqlangan sanitariya-epidemiologik holatlar hamda kamchiliklarni aks ettiruvchi fotomateriallar.

O‘rganish jarayonida ichimlik suvi ta’minoti, suv saqlash inshootlari, oqova suv tizimi, sanitariya-gigiyena sharoitlari, hojatxonalar hamda guruh xonalarining sanitariya holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, laboratoriya tekshiruvlari uchun ichimlik suvi namunalaridan namunalar olinib, o‘rnatilgan tartibda tahlil qilindi. O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, mas’ullarga majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlarini izchil davom ettiradi.

Sanepidqo‘mita Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati