- Dori vositalari va faol farmatsevtik substansiyalar:
gormonal preparatlar (estrogenlar, androgenlar, ularning hosilalari va boshqalar);
stereoid gormonlar va ularning analoglari;
markaziy asab tizimi stimulyatorlari va dorivor anorektiklar;
fosfodiyesteraza-5 ingibitorlari (PDE5);
kardiotrop dori moddalari;
analgetiklar va nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar;
antibiotiklar va mikroblarga qarshi dori preparatlari;
antidepressantlar, anksiolitiklar, sedativ dori vositalari;
oziq-ovqat komponentlariga mansub boʻlmagan har qanday boshqa dori moddalari.
- Giyohvandlik va psixotrop moddalar:
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar rasmiy roʻyxatlariga kiritilgan moddalar;
sunʼiy kannabinoidlar.
- Δ9-tetragidrokannabinol (THS) va narkotik taʼsirga ega mahsulotlar:
Δ9-tetragidrokannabinol (THS) har qanday shaklda;
kannabis (kanoplya) va uning smolalari (oziq-ovqat maqsadlarida qoʻllanilishiga toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilgan hollar bundan mustasno);
tarkibida THS miqdori oziq-ovqat mahsulotlari uchun milliy belgilangan chegaraviy qiymatlardan yuqori boʻlgan ekstraktlar, moylar va boshqa mahsulotlar.
- Zaharli moddalar va sanoat kimyoviy moddalari:
oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallanmagan sanoat kimyoviy moddalari va texnologik reagentlar;
oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllash taqiqlangan yoki cheklangan roʻyxatlarga kiritilgan zaharli moddalar;
kanserogen, mutagen yoki reprotoksik faolligi aniqlangan, oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllash ruxsat etilmagan moddalar.
- Identifikatsiya qilinmagan yoki zaharli kelib chiqishi oʻsimlikka mansub boʻlgan qismlari:
oʻsimlikning botanik turi va foydalanilgan qismi aniq koʻrsatilmagan oʻsimlik aralashmalari va ekstraktlari;
odatdagi isteʼmol sharoitida inson uchun zaharli yoki toksik deb eʼtirof etilgan oʻsimlik komponentlari;
oziq-ovqat mahsuloti yoki BFQ tarkibida qoʻllanilishi milliy roʻyxatlar bilan taqiqlangan oʻsimlik ingrediyentlari.
- Xavfsiz deb tan olinmagan tirik mikroorganizmlar:
oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllash uchun ruxsat etilmagan genetik modifikatsiyalangan mikroorganizmlar;
patogen mikroorganizmlar va ularning toksigen variantlari, shu jumladan toksin ishlab chiqaradigan yoki patogenlik omillariga ega boʻlgan shtammlar.