Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 44-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i, Jarqo‘rg‘on tuman Sanepidqo‘m bo‘limi rahbari, tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, hamshiralar, bosh oshpazlar hamda autsorsing xizmati ko‘rsatuvchi “Toshmurod Oydin” MCHJ rahbari ishtirok etdi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat tayyorlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, ovqatlanish jarayonida nazoratni kuchaytirish hamda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.







