Sanepidqo‘mitaning Uzun tumani bo‘limi xodimlari tomonidan “Tadbirkorlar” ko‘chasida aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Targ‘ibot davomida xonadonlarda yashovchi fuqarolarga kundalik turmushda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, shaxsiy va uy-joy tozaligini saqlash, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish, sifatli ichimlik suvidan foydalanish hamda meva-sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishiga sabab bo‘luvchi omillar, ularning oldini olish choralari, qo‘llarni sovunlab yuvishning ahamiyati hamda kasallik alomatlari kuzatilganda o‘z vaqtida tibbiyot muassasasiga murojaat qilish zarurligi haqida tavsiyalar berildi.







