Surxondaryo viloyatida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, ularning oqibatlarini bartaraf etiş hamda aholi xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan hamkorlikdagi qömondonlik-ştab öquv maşqlari davom etmoqda.

Öquv maşqlari doirasida viloyat hokimi Uluğbek Qosimov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari polkovnik Nuriddin Qodirov raisligida tegişli taşkilotlar rahbarlari va mas’ul xizmatlar iştirokida yiğiliş taşkil etildi.

Unda öquv maşqlarining dastlabki bosqiçida amalga oşirilgan işlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, ular yuzaga kelganda tezkor va hamjihatlikda harakat qiliş, mas’ul taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş hamda mavjud kuç va vositalarning doimiy şayligini ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, viloyat mexanizatsiyalaşgan yiğma komandasining kuç va vositalari saf körigidan ötkazilib, ularning favqulodda vaziyatlarda belgilangan vazifalarni bajarişga tayyorligi közdan keçirildi.

Mazkur hamkorlikdagi taktik öquv maşğulotlarida Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va jamoat salomatligi boşqarmasi xodimlari ham faol iştirok etmoqda. Bunda sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta’minlaş, yuqumli kasalliklarning oldini oliş hamda favqulodda vaziyatlar şaroitida aholi salomatligini muhofaza qiliş borasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida aholi xonadonlarida is gazidan zaharlaniş va yonğinlarning oldini oliş masalasi muhim yönalişlardan biri sifatida belgilandi. Bu borada profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş, aholi örtasida tuşuntiriş va tarğibot işlarini olib boriş, fuqarolarning xavfsizlik qoidalariga rioya etişini ta’minlaş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.

Ötkazilayotgan qömondonlik-ştab öquv maşqlarining asosiy maqsadi — favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarga tezkor javob qaytariş, ularning oqibatlarini kamaytiriş, tegişli xizmatlar örtasidagi hamkorlikni muvofiqlaştiriş hamda aholi hayoti va xavfsizligini işonçli himoya qilişdan iborat.

Bunday amaliy maşğulotlar favqulodda vaziyatlarda mas’ul taşkilotlarning özaro hamkorligini mustahkamlaş, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oşiriş va yuzaga kelişi mumkin bölgan tahdidlarga tayyor turişda muhim ahamiyat kasb etadi.

SURXONDARYO VILOYATI SANITARIYA VA EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIGI VA JAMOAT SALOMATLIGI BOŞQARMASI AXBOROT XIZMATI