

Surxondaryo viloyat Sanitariya-epidemiogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va uning hududiy bo`limlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo`yicha targ`ibot tadbirlari doimiy ravishda olib borilmoqda.
Boshqarmaning Muzrabot tuman SEO va JS bo`limida 2026-yil 20-may kuni soxalarda olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligini oshirish maqsadida tuman bo`limi mutaxassislari va barcha xodimlarga Korrupsiyaga yo`l quymaslik, oldini olish choralari va uning oqibatlari haqida qisqacha tushuntirish ishlarini olib borish uchun boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yetakchi mutaxassisi D.Ashurov SEO va JS tizimida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan korrupsion holatlar va manfaatlar to`qnashuvi holatlarini aniqlash, uning oldini olish, jamiyatda maishiy korrupsiyaga yo`l quyillayotgan soxa vakillari haqida yig`ilish davomida so`zlab berdi.
Xodimlar tomonidan talab va takliflari tinglandi.



