Avvalambor, ovqatdan zaharlanmaslik uchun har birimiz shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz zarur. Mahsulotlarni faqatgina ruxsat etilgan savdo nuqtalaridan xarid qilish, ularni sotib olishdan avval uning sifati o‘zgarmaganligiga, ya’ni qadoq va idishlarning butunligiga, germetik yopiladigan mahsulotlarning shishib qolmaganligiga (bombaj), yorliqlari borligiga, qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilganligiga, yaroqlilik muddati o‘tib ketmaganligiga e’tibor qaratish lozim.
????Ayniqsa tez buziluvchan mahsulotlarni xarid qilayotganingizda, ularning maxsus sovutgichli peshtaxta yoki sovutgichlarda saqlanayotganligiga, iste’molchi sifatida ularning xavfsizligiga kafolat beruvchi hujjatlari (sanitariya-epidemiologik xulosa) mavjudligiga ishonch hosil qiling.