Yangi yil bayrami munosabati bilan Angor markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorida arzonlashtirilgan narxlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan.

Bugun tuman hokimi Qosim Mardonov, Departamentning Angor tumani bo‘limi boshlig‘i Rustam Abduraimov hamda mas’ullar manzilda bo‘lib, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʻminlash maqsadida tashkil etilgan yarmarka faoliyatini nazorat qildi.

Ushbu yarmarkadan aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari xususan, meva-sabzavot, poliz, dukkakli, guruch, go‘sht va sut mahsulotlari, tuxum, o‘simlik yog‘i savdosi tashkil etilgan.