Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va aholi salomatligi boʻlimi mutaxassislari tomonidan Oqostona MFY Dehqon MFY, Kichik jonjekka hududidagi xonadonlarda sanitariya tozalik obodonlashtirish yuqumli kasalliklarni oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari, targʻibot tashviqot tadbirlari oʻtkazildi. Targʻibot olib borishdan maqsad mahallalarda tozalik va osoyishtalikni nazorat qilish yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish. Targʻibot tadbirlari viloyatning har bir mahallasida doimiy olib borilmoqda.