2025 yil 7 may kuni Surxondaryo viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining majlislar zalida Termiz shahar Adliya yuridik xizmat kursatish marzaki boshlig`i Suxrob Sayfiddinov Saidahmatovich va markazning yurist konsult Nazarov Vohid Raxmonberdiyvichlar tomonidan soha mutaxassislariga “Halollik vaksinasi” bilan emlash uchun tashrif bo`yirishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarlik profilaktikasiga doir quyidagi bir qator normativ- huquqiy hujjatlar imzolandi:
– “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon (PF–71-son, 21.04.2025-y.);
– “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror (PQ–147-son, 21.04.2025-y.).




Mazkur hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targʻib qilish hamda tushuntirish maqsadida va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025 yil 9-apreldagi 01-07/3194-sonli ko`rsatma xatiga assoslanib “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning tizimi korrupsiyadan holi tashkilot” shiori ostida davra suxbati bo`lib o`tdi.