Brutsellyoz-o’ta xavfli surunkali kechuvchi yuqumli kasallik hisoblanadi. Bu
kasallik bilan barcha turdagi hayvonlar, jumladan odamlar ham kasallanishadi.
Brutsellyoz qo’zg’atuvchisi brutsella bo’lib, uning bir necha turlari mavjud. Asosan
odamlar uchun eng xavfli tipi Brucella melitensis va Brucella abortus tiplari bo’lib hisoblanadi. Qo’zg’atuvchining qo’y tipi-b.melitensis faqatgina qo’y mahsulotlarida uchramasdan qoramollarning sut va go’sht mahsulotlarida ham aniqlanib,ularni veterinariya ekspertiza ko’rigidan o’tkazilmasligi va veterinar vrachlar e’tiborsizligi natijasida kasallik aniqlangan hayvonlardan olingan go’sht va sut mahsulotlarini zararsizlantirilmagan holda bozor rastalariga chiqarilishi natijasida odamlar ham kasallanishiga olib keladi.

⚠️Brutsellyoz qanday yuqadi?
Brutsellyoz ko‘pincha quyidagi yo‘llar orqali yuqadi:
❇️Hayvon mahsulotlari orqali:
Pishirilmagan yoki yetarli darajada qayta ishlanmagan sut mahsulotlarini iste’mol qilish orqali.
❇️To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa:
Kasallangan hayvonlar bilan ishlashda, masalan, go‘shtni qayta ishlashda, terini o‘rashda yoki veterinariya xizmatlari ko‘rsatishda.
❇️Teri va shilliq qavat orqali:
Yara yoki shikastlangan teri orqali kasallik qo‘zg‘atuvchilari organizmga kirishi mumkin.
????Kasallikning asosiy alomatlari
Brutsellyoz asta-sekin rivojlanadi va quyidagi simptomlar bilan kechadi:
❎Doimiy yoki qaytalanuvchi tana harorati ko‘tarilishi;
❎Mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq;
❎Tez charchash, kuchsizlik va ishtahaning pasayishi;
❎Ko‘krak qafasi va qorin sohasida noqulaylik;
❎Uzoq davom etuvchi kasallik holatida bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi va ichki organlarning shikastlanishi kuzatilishi mumkin.
❗️Profilaktika choralari:
Brutsellyozni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
✅ Hayvon mahsulotlarini to‘g‘ri qayta ishlash:
Sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilishdan oldin qaynatish yoki pasterizatsiya qilish.
✅Sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilish:
Hayvonlar bilan ishlovchi shaxslar qo‘lqop va maxsus kiyimdan foydalanishi kerak.
✅Hayvonlarni muntazam tekshirish: Chorva mollarini veterinariya nazoratidan o‘tkazish va ularni brutsellyoz kasalligiga qarshi emlash.
✅Ogohlik: Kasallik alomatlari paydo bo‘lsa, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish lozim.
❗️Zero: ko‘r ko‘rona davolanish jiddiy oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin.