
Tadbirda tuman hokimi Q.Mardonov, viloyat Sanitariya – epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Abdusamad Mustanov hamda soha xodimlari ishtirok etdi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda tibbiyot hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, bu islohotlar inson qadri uchun xizmat qilayotganligini ta’kidladi.

Bugungi kunda tumanimizda 146 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilib kelmoqda, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i M.Xudoyberdiyeva. –Endilikda yuqumli va yuqumsiz kasalliklar profilaktikasi hamda ularga qarshi emlash ishlarini olib borish, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish bo‘yicha faoliyatimizni yanada samarali olib borishimizga imkoniyat yaratildi.

