???? Mahsulotlarini saqlanishiga, qadog‘ida ishlab chiqaruvchi tashkilot nomi, saqlash sharoitiga, yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan bo‘lishiga e’tiborli bo‘ling, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni xarid qilmang.

????ehtiyoj miqdoridan kelib chiqqan holda xarid qiling.
???? oilaviy ehtiyojga qarab taomlar tayyorlang.

????ko‘chalardan, belgilanmagan joylardan, soxta tadbirkorlardan sifati kafolatlanmagan, noma’lum sharoitda tayyorlangan mahsulotlarni, sifati kafolatlanmagan muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron, go‘ja xarid qilmang.

????quyoshda sotilayotgan poliz mahsulotlarini iste’mol qilmang.

????uy sharoitida turli konserva (banka) tayyorlamang, chunki botulizm ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir turi bo‘lib, uy sharoitida tayyorlangan konservalardan kelib chiqadi. Uy sharoitida tayyorlangan konservalarga hech kim kafolat bermaydi.

????Sog‘lom turmush tarziga, ya’ni, ruhiy xotirjamlik, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, atrof-muhitni asrash va albatta shaxsiy gigiyena qoidalarga rioya qiling.