
Surxondaryo viloyati Termiz shahar SEO va JSB bolimi 2024-yil 17-yanvar kuni korrupsiyaga qarshi kurash,jamoa va mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurash bandlarini kiritish, Oʻzbekiston Respuplikasi SSV ning 88-sonli buyrugʻi asosida tibbiyot xodimlarining kasbiy odob-axloq va xulq-atvor qoidalari va kiyinish madaniyatiga qaʼtiy rioya etish, sanitariya-epidemiologiya xizmatining barcha ish koʻrsatkichlari boʻyicha oʻtgan 2023-yil uchun tahlilini oʻtkazish va tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish,2024-yilda amalga oshirilishi kerak boʻlgan chora-tadbirlarni belgilash toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda poraxo‘rlik illatlari sohalar taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi eng katta g‘ov ekanini qayd etib, uni oldini olishning samarali usullaridan biri raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish ekanini ta’kidladilar.
Tadbir davomida Epidemiologiya bo‘limi mudiri Xo`janazarov Mamanazar Yigʻilishda poraxo‘rlik illatlari yurtimiz rivojiga to‘siq bo‘luvchi eng katta xatar ekanini qayd etib, uni oldini olishning samarali usullaridan biri korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada jadallashtirish, shaffoflikni ta’minlash, poraxo‘rlik va tanish-bilishchilikni oldini olish borasida ishlab chiqilgan mexanizmlar haqida to‘xtalib o‘tdi.