Mamlakatimiz Prezidentining PQ-5177-son Qaroriga muvofiq, (https://lex.uz/docs/-5495533) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy hokimliklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (komplayens-nazorat) faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rish uchun masʼul hisoblanadi.

O’tgan davr mobaynida komplayens-nazorat tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari bilan ushbu infografikalar orqali tanishish mumkin.
