
? Hurmatli tibbiyot xodimlari! Qadrli hamkasblar!
Barchangizni tibbiyot xodimlari kuni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. El salomatligi saqlashdan aslo charchamang.
Davlat rahbarining tashabbusi bilan soʼngi yillarda mamlakatimizda sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilish orqali fuqarolarimiz salomatligini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuning bilan bir qatorda tibbiyot xodimlarining sharafli va masʼuliyatli mehnatini eʼzozlash, samarali faoliyat yuritishi uchun zarur imkoniyatlar yaratish doimiy eʼtiborda. Yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami sifatida nishonlanadi.
Prezidentimiz “Xalq tibbiyot sohasiga qanchalik ishonsa, davlatga ham shunchalik ishonadi. Xalq koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlardan rozi boʼlsa – davlatdan, bugungi yuritilayotgan siyosatdan ham rozi boʼladi”, degan ibratli soʼzlari bor. Shuning uchun bunday ulkan vazifalar oldimizda turgan ekan, siz azizlarni, oʼz kasbiga fidoyi boʼlgan kasb egalarini – Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasining Surxondaryo viloyat boshqarmasi jamoasi nomidan “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan chin yurakdan samimiy qutlaymiz va xalq salomatligi yoʼlidagi ishlaringiz hamisha bardavom boʼlishini, tilaymiz! Аlbatta, barchangizga, sogʼlik salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va ulkan marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz! Bayramingiz muborak boʼlsin!



