VAKSINALARNI SAMARALI BOSHQARISH TIZIMINI YANADA YAXSHILASH VA XALQARO EKSPERTLAR TOMONIDAN BAHOLASH NATIJALARI
Farg‘ona shahridagi «Aziya» mehmonxonasida YUNISEF tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan “Vaksinalarni samarali boshqarish tizimini yanada yaxshilash va xalqaro ekspertlar tomonidan baholash natijalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda YUNISEF tashkiloti ekspert vakillari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona, Andijon va Namangan hududiy boshqarmalari immunizasiya ishlariga mas’ul mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminarda hududlarda vaksinalarni tashish va saqlash sharoitlarini hamda immunizasiya tizimi material texnik bazasini yaxshilash, tibbiyot xodimlari malakasini muntazam ravishda oshirib borish, yangi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda kerakli takliflarni kiritish masalalari muhokama etildi.