Bugun Angor tumanining Yuqori Tallashqon mahallasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman boʻlimi tomonidan tadbir oʻtkazildi.Tadbirda mutaxassislar tomonidan mahallalarda aholi xonadonlari orastaligini taʼminlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarziga rioya etishda insonlar faolligini oshirish boʻyicha soʻz yuritildi.Mutaxassislar tomonidan oʻquvchilar oʻrtasida tibbiy koʻrik oʻtkazildi.
Shundan soʻng, mutaxassislar mahalladagi xonadonlarda boʻlib, targʻibot tadbirlari olib borishdi. Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida kemiruvchilarga qarshi kurashish tadbirlari ham oʻtkazildi.