Vaksinalar immunitet tizimini mustahkamlab, viruslarga qarshi kurashadi.
Har yili aprel oyining soʻnggi haftasida jahon immunizatsiya haftaligi oʻtkaziladi.
Ushbu «Immunizatsiya haftaligi» Respublika Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlaridagi mutaxassislar tomonidan tashkil etilmoqda.
Kasallikka chalinib, uni davolashdan koʻra, kasallikni oldini olgan maʼqul. Yurtimizda 13 xil kasallikka qarshi fuqarolar bepul emlanib kelinmoqda.
Oʻz vaqtida emlanish oila aʼzolarimiz bilan bir qatorda, atrofdagilarni ham kasalliklardan himoya qiladi.