Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasida kiberjinoyatlarning oldini olish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida xodimlarga internet tarmog‘idan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, shubhali havolalarga kirmaslik, shaxsiy ma’lumotlar va bank kartalari ma’lumotlarini begonalarga bermaslik, shuningdek, kiberfiribgarlik holatlaridan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mobil qurilmalarda kiberxavfsizlikni kuchaytirish maqsadida “APK Qorqchi” ilovasini o‘rnatish va undan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Unutmang: kiberxavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz! Shaxsiy ma’lumotlaringizni asrang, internetdan foydalanishda hushyor bo‘ling!






