Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Surxondaryoda xizmat safari davomida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy axborotni tarqatish bo’yicha mas’ul bo‘lgan xodimlari bilan uchrashdi.
Tadbirda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-son “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Farmonga asosan endilikda huquqiy axborotni tarqatishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.



