Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va KOICA hamkorligi doirasida 2024-2027-yillarda (3 yil) jami 7 marotaba «Yuqumli kasalliklarni kuzatish va boshqarish bo‘yicha tadqiqot metodologiyasi o‘quvi»da ishtirok uchun saralash bosqichi boshlanganini e’lon qilamiz!

Ushbu o‘quv-seminari sizga nimalar beradi?

Eng yaxshi xorijiy professorlar ta’lim beradi.

Koreyada tashkil qilinadigan seminarda ishtirok etish imkoniyati.
Koreyalik tadqiqotchilar bilan ishlash imkoniyati.

16 kishi saralab olinadi.

O‘qish bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan to‘lanadi.

Komissiya a’zolari – Koreya – O‘zbekiston professorlari.

Kerakli hujjatlar:
Tadqiqot rejasi.
Ariza.
Ish joyidan rahbar yoki ilmiy rahbar tavsifnomasi.

Hujjatlar 20-noyabrdan 10-dekabrgacha qabul qilinadi.