Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Bayroq ostida el birlashgan, jipslashgan, uni dushman qo‘liga topshirmaslik jiddida jonini tikishgan.
Bayrog‘imiz 1992-yil 2-martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi.
Bayrog‘imiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka, biz erishayotgan bemisl yutuqlar va kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bag‘ishlaydi.