O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori bilan tasdiqlangan “2023-2024-yillarda hududlarni raqamli transformatsiya qilish ustuvor loyihalar ro‘yhati”da davlat xodimlari, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini axborot texnologiyalari va davlat xizmatlari tizimlaridan foydalanishga o‘qitish choralarini ko‘rish nazarda tutilgan.Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan samarali foydalanish yuzasidan bugun viloyat Sanepidgo’mitasi majlislar zalida Sanepidgo’mita xodimlari uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.