
???? Mazkur tizim orqali tibbiyot birlashmalari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimidagi xodimlar o‘rtasida axborotlarni tezkorlik bilan yetkazish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

‼️ Joriy yilning 23-24-avgust kunlari Navoiy shahridagi “Kamilla” mehmonxonasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan viloyatdagi sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan seminar maqsadi – aynan “Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi” (YKEM) axborot tizimini amaliyotga kiritishdir.
