Qumqo‘rg‘on tuman SEO va JS bo‘limi mutaxassislari, «Qumqo‘rg‘on dehqon oziq-ovqat bozori» MCHJ raisi O.Imomov hamda veterinariya ekspertiza laboratoriyasi boshlig‘i Z.Ro‘ziyevlar birgalikda 2024 yil 13-aprel kuni «Qumqo‘rg‘on yangiliklari» ijtimoiy tarmog‘ida chiqarilgan «Bozordan olingan qatiq qurtlab ketgan» degan mazmundagi murojaat mutaxassislar ishtirokida to‘liq va atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida bozorda 2 nafar sotuvchi tomonidan sut va qatiq mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi. Savdo rastalaridagi barcha sut va qatiq mahsulotlari bozorning veterinariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda tekshirilib, natijasi bo‘yicha isteʼmolga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa berilgan. Sut va qatiq mahsulotlari veterinariya ekespertiza laboratoriyasi tomonidan har kuni kunlik nazorat o‘rnatilib, ruxsatnoma berilmoqda. O‘rganish davomida hech qanday sifatsiz, tashqi ko‘rinishi o‘zgargan, qurtlagan sut va qatiq mahsulotlari aniqlanmadi.