«Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi»
(«Temur tuzuklari»dan).

Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi,Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko‘tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug’ sarkarda tavalludining 688 yilligi tadbirlari barcha joylarda bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida ham katta xursandchilik bilan o‘tkazildi.