Navro‘z – xalqimizning azaliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlarini mujassam etgan, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan qadimiy bayram.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘z tabrigida voha ahli hamda mehmonlarini yurtimizda keng nishonlanayotgan ushbu eng go‘zal va ardoqli bayram bilan tabriklab, Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelishini tiladi.

Viloyatimiz va poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi ko‘klam va bahorni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, serjilo raqslar bayram tadbiriga o‘zgacha tarovat va shukuh bag‘ishladi.