Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida OAV vakillari, axborot xizmatlari rahbarlari uchun “Media makonda milliy kontent yaratish masʼuliyati” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov va boshqalar axborot maydonini bugungi kun talabi va xalqimiz ehtiyojiga mos milliy kontent bilan to‘ldirish, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarning boy merosini tarannum etuvchi media mahsulotlarini yaratish, dunyo axborot makonida milliy manfaat va maqsadlarimizni dadil olg‘a surish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Bu vazifalarni to‘laqonli bajarish uchun ko‘p yillik ish tajribasiga ega soha xodimlari qatori yosh ijodkorlarni ham kashf etish va jarayonga kengroq jalb etish, malakali soha vakillarining tajribasi va yoshlarning g‘ayrat-shijoatini birlashtirish yaxshi natija berishi qayd etildi.


