Shu kunlarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyatimiz bo‘ylab «Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!» shiori asosida vatanparvarlik tadbirlari, maʼnaviy-maʼrifiy kechalar hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Xuddi shunday tadbir Sanitariya-Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Termiz shahar bo’limida tashkil etildi.

Faxriy harbiy xizmatchilar bo‘linma xodimlari shifokorlar ishtirokida xalqlar armiya bir tanu bir jon shior ostida otkazilgan tadbir avvalida tashkilotchilar yig’ilganlarni qutlug‘ sana bilan tabriklashdi, ayniqsa yosh avlod uchun qol fidoyiligi bilan ibrat maktabi yaratayotgan mard va jasur posbonlarimizning sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.


Tadbir uch avlod uchrashuvi shaklida ham davom etdi, unda taʼkidlanganidek qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 32 yili davomida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi sarhadlarimiz daxlsizligini xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bo‘lgan zamonaviy har tomonlama yaxshi qurollangan hech kimdan kam bo‘lmagan milliy armiyamizni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda qurolli kuchlari faxriylariga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi shahar bo‘limi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.