Bugun mamlakatimizda mahalla tizimiga qaratilayotgan e’tibor yanada kuchayib, aholi bilan bevosita muloqotning eng samarali usullaridan biriga aylanmoqda.
Shu maqsadda, Sanepidqo‘mita Qiziriq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Xalqobod” mahallasi aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish qizamiq,virusli gepatit,gripp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida:
– Yuqumli va parazitar kasalliklar (gripp,O’RVI,qizamiq,gelmintoz, botulizm)ni oldini olish,
– To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish haqida aytib o’tildi.






