Yurtimizda milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan ulug‘ bayramlar — Navro‘z va Ramazon hayiti keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ ayyomlarda oilalarimizda turli milliy taomlar tayyorlanib, mahallalarda xalq sayillari va bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

Bayram kunlarida aholi salomatligini muhofaza qilish, oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish hamda sog‘lom ovqatlanish qoidalariga amal qilish muhim ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi barcha fuqarolardan quyidagi sanitariya-gigiyena talablariga amal qilishlarini so‘raydi.