Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi davomida Termiz tumanining Yangi hayot mahallasida shartli ravishda yuzaga kelgan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashq doirasida Yangi hayot mahallasi aholisini xavfli hududdan xavfsiz joyga ya’ni Angor tumani hududiga evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Mashqda hududiy fuqarolik muhofazasi xizmatlari, mahalliy hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tezkor xizmatlar jalb etildi.
O‘quv mashqining asosiy maqsadi — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini muhofaza qilish, evakuatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini sinovdan o‘tkazishdan iboratdir.