Gripp — virus tabiatli o’tkir infektsion respirator (nafas yo’llari) kasalligidir. Gripp virusi juda yuqumli — ya’ni, uning ko’p hollarda inson tanasiga kirishi kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Kasallik tana haroratining ko’tarilishi bilan birga kechadi va ko’pincha 3-5 kundan umumiy holat yaxshilanadi.
GRIPPNING ALOMATLARI VA BELGILARI
Intoksikatsiya natijasida hosil bo’ladigan gripp alomatlariga:
Juda tez (3-4 soat davomida) intoksikatsiya belgilarining o’sishi:
Tana haroratining ko’tarilishi — 39°C va yuqori;
Kuchli titroq;
Holsizlik;
Mushaklar va bo’g’imlardagi og’riq;
Qattiq bosh og’rig’i
Ko’zning yoshlanishi;
Yorug’likka sezuvchanlik.
Intoksikatsiya bilan birga parallel ravishda respirator alomatlar kuzatiladi:
Tomoq og’rishi;
Quruq yo’tal;
Burun oqishi.
Ba’zida qorin og’rig’i va ich ketishi kuzatiladi. Grippda yuqori tana harorati bir necha kungacha davom etishi mumkin, ko’pincha isitma tushiruvchi dorilar ta’siri natijasida pasaymaydi. Kasallik asoratlarsiz bo’lsa gripp 7-10 kun davom etadi. Bu vaqt davomida gripp alomatlari asta-sekin yo’q bo’lib ketishi mumkin, ammo umumiy holsizlik ikki haftagacha davom etishi mumkin.
GRIPPNI OLDINI OLISH VA PROFILAKTIK CHORALARNI QO’LLASH
Grippning oldini olishning uchun eng samarali yo’li — o’z immun tizimini butun yil davomida yaxshi holatda saqlash hisoblanadi. Immunitetni mustahkamlashning turli yo’llari bor, bular o’z ichiga oladi:
Tanani chiniqtirish;
Faol hayot tarzi;
To’g’ri va muvozanatli oziqlanish;
Boshqa asosiy tibbiy usul bu emlash bo’ladi. Vaktsinatsiya gripp mavsumi boshlanishidan 2-3 oy oldin (odatda oktyabr-noyabr oylarida) virus muayyan turiga (shtamm) qilinadi. Vaksinatsiya qancha ko’p virus shtammlariga qarshi bo’lsa va qanchalik ko’p kishiga qilinsa, shuncha samarali hisoblanadi. Bunday holda, bu aholining katta ijtimoiy guruhlarini himoya qilishga imkon beradi. Shuningdek, epidemiya davrlarida profilaktik chora-tadbir tarzida antivirus preparatlardan foydalanish tavsiya etiladi. Gigiyena qoidalariga rioya qilish, kasallangan odamlardan yiroq yurish, maxsus niqoblar taqish, oila a’zolari kasallanganda tozalikka e’tibor qilish va xonani tez-tez shamollatish kasallanish ehtimolini kamaytiradi.



