Emlash — boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik samarali chora bo’lib, infektsiya o’choqlarini jilovlash va bartaraf etishda asosiy vosita hisoblanadi.
Shu bois yurtimizda Milliy profilaktik emlash kalendari joriy etilgan bo’lib, unga ko’ra, bolalar 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi rejali emlanadi.
Tumanimizda emlash va vaksinatsiya ishlari belgilangan reja asosida izchil va tizimli olib borilmoqda. Natijada aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida turli yuqumli kasalliklar kelib chiqishi holatlari keskin kamaydi.
Xozirgi kunda yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar bola bir yoshga to‘lgunicha qo‘llaniladi. 2000 yilgacha difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi faqat AKDS vaksinasi qo‘llanilgan. Keyinchalik profilaktik emlash rejasiga o‘zgartirish kiritilib, 2, 3 va 4 oylik chaqaloqlarni “Penta-1”, “Penta-2” hamda “Penta-3” kombinatsiya qilingan vaksinalar bilan emlash yo‘lga qo‘yildi.