Boysun tumanidagi 2-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Gijjadan xalos bo‘lgan bolalar” mavzusida diktant mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga gijja kasalligining oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, maktabning 1–4-sinf o‘quvchilari orasida gijja tuxumlariga qarshi reja asosidagi tibbiy tekshiruvlar o‘tkazildi. Barcha jarayonlar belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilgan holda amalga oshirildi.






