Kirib kelgan Yangi yil munosabati bilan Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlariga bayram sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.
Mazkur tadbir davomida xodimlarning aholi salomatligini ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyatli va fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Yangi yil arafasidagi bunday e’tibor va rag‘bat jamoada ko‘tarinki kayfiyat hamda kelgusi faoliyat uchun yanada katta ishtiyoq bag‘ishladi.
Barcha xodimlarni kirib kelgan Yangi yil bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.






