Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar mavsumi munosabati bilan Qiziriq tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ertalabki filtr nazorati jarayonlari o‘rganildi.

Tadbir davomida bolalar sog‘lig‘ini kuzatish, gripp va shamollash alomatlari aniqlangan hollarda zudlik bilan tibbiy choralar ko‘rish, filtr nazoratini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha xodimlarga amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, bolalarda yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlashning ahamiyati alohida ta’kidlanib, muassasa xodimlari o‘rtasida grippga qarshi emlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.