Sariosiyo tumani san epid bo’limi xodimlari tomonidan tumandagi maktablarda sanitariya qoida va me’yorlari talablari ijrosi yuzasidan reja asosida o’rganish ishlari olib borishmoqda.
O’rganish ishlari davomida maktab ishchi xodimlarning o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tganlik xulosalari, tibbiyot xonasi hamda birinchi yordam uchun tashkil qilingan dori-darmonlar mavjudligi ko’zdan kechirildi hamda gripp va O’RVI haqida kunlik filtr nazorat qilindi, tushuncha, eslatmalar berildi, kuz-qish mavsumiga tayyorligi,qo’shimcha targʻibot qilindi.
Shuningdek, toza qo’llar boʻyicha hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinishi hamda qo’l yuvish moslamalari, oqava suv tizimining soz holatdaligi o’rganildi.