Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida profilaktik dezinfeksiya ishlari bolalarning salomatligini saqlash va kasalliklarning tarqalishini oldini olish uchun juda muhim bo‘lib,bolalar va xodimlar salomatligini ta’minlashdan iborat.


Sariosiyo tuman saepid bo‘limi, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan tuman maktabgacha ta’lim tashkilotiga qarashli 36-MTTda profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.Тa’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirish holatlari nazoratga olindi va tegishli tavsiyalar berildi.
Xodimlarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish,botulizm va turli xildagi ovqatdan
zaharlanishlarni oldini olish mavzularida targ‘ibot qilindi.