O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qarori, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning 25-son majlis qarori, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 7-iyuldagi 200-sonli va 8-iyuldagi 203-sonli buyrug‘lari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyatida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida Sog’liqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’limi boshlig’i S.Mamanov rahbarligida ishchi guruh (D. Abdujabbarov, G’. Abdurahmonov) viloyatimizda bo’ldi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida o’tkazilgan Kengaytirilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati, viloyatdagi barcha davolash-profilaktika muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari, kadrlar bo‘limi xodimlari, bosh hisobchilar, iqtisodchilar, hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig`ilishda Sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaviy xatarlarning oldini olish, korrupsion holatlarni erta aniqlash mexanizmlar, tibbiyot muassasalarida shaffoflikni ta’minlash va moliyaviy intizomni kuchaytirish, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy madaniyat va mas’uliyatni oshirish masalalari muhokama etildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik, ichki nazorat tizimi va profilaktika usullari haqida tushuntirishlar berildi. Yig‘ilish yakunida barcha muassasa rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shaffoflikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish topshirildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan joylarda o‘tkazilgan monitoring, suhbat va tahlillar asosida tegishli tavsiyalar ham berildii.