Sanitariya-epidemiologiya sohasida bir qator yo‘nalishlarda elektron raqamlashtirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar monitoringi elektron tizim orqali amalga oshirilmoqda.
YKEM – Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida epidemiologik nazoratni raqamlashtirish orqali yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ushbu platforma orqali axborot tezkor va sifatli yetkaziladi, yuqumli hamda o‘ta xavfli kasalliklarning tarqalib ketishi oldi olinadi.
Shu maqsadda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mas’ul xodimi U. Mirzayev tomonidan15-16–17- sentabr kunlari Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tasarrufidagi barcha tuman va shahar bo‘limlari xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.



