Bugun, 24 iyul kuni Surxondaryo viloyatida Biznes-ombudsman devoni tomonidan nazorat qiluvchi organlar xodimlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Seminarda viloyatdagi 15 ta nazorat organidan 250 dan ortiq xodim ishtirok etdi. Kurs davomida ularga tekshirish jarayonlari, tadbirkorlar huquqlari, tekshirish o‘tkazishda vakolatli organlarni xabardor qilish tartibi, monitoring va jamoatchilik nazoratini ta’minlash, shuningdek, profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish kabi muhim mavzular tushuntirildi.