Sariosiyo tumanida “Toza qo‘llar” dasturi doirasidagi ishlar
Sariosiyo tuman san epid boʻlimining sanitariya va gigiyena mutaxassislari tomonidan maktab va maktabgacha tashkilotlarida “Tozalik – sog‘lik garovi!” shiori ostida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarga qo‘l yuvishning ahamiyati, yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi roli haqida tushuntirildi. Muassasalarda suyuq sovunlar, bir martalik va ko‘p martalik sochiqlar mavjudligi, qo‘l yuvish jiylarida gigiyenik talablar asosida jihozlangani o‘rganildi.